Flikni "Barselona"da qolishi prezidentlik saylovlariga bog'liq

  • Mr.NoBoDy 06.03.2026 09:32
  • 557
  • 30

"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik, agar Joan Laporta kataloniyaliklar prezidenti lavozimiga qayta saylanmasa, klubni tark etishi mumkin, - deb xabar berdi jurnalist Florian Plettenberg o'z X sahifasida.

Nemis mutaxassisi "Barselona» bilan shartnomani uzaytirishga qiziqish bildirmoqda. Flik shaharni, klubni va muxlislarni yaxshi ko'radi. Biroq murabbiy o'z kelajagini Joan Laporta bilan bog'lab turibdi va u bilan birga jamoa strategiyasini shakllantirmoqchi.

Agar Laporta 15 martda «Barselona" prezidenti lavozimiga qayta saylanmasa, Flikning klubdan ketishi yo yozda, yoki 2027 yilda shartnoma muddati tugagach yuz berishi mumkin.

Ispaniya chempionatida 26 turdan so'ng "Barselona" 64 ochko to'plab, turnir jadvalida birinchi o'rinni egallab turibdi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar