RASMAN: Osiyo Kubogi-2027 qur'a tashlash marosimi sanasi va joyi o'zgardi

  • Mr.NoBoDy 15.04.2026 12:24
  • 572
  • 30

Osiyo Futbol Konfederatsiyasi (OFK) bugun 2027 yilgi Osiyo Kubogi final bosqichiga qur'a tashlash marosimining yangi sanasini rasman tasdiqladi.

Marosim endi 2026 yilning 9 may kuni Ar-Riyod shahrida bo'lib o'tadi. Tadbir UNESCO Butunjahon merosi ro'yxatiga kiritilgan At-Turayf tarixiy hududida o'tkaziladi. Dastlab qur'a tashlash marosimi 11 aprel kuniga rejalashtirilgan edi, biroq barcha ishtirokchi assotsiatsiyalar va hamkorlarning to'liq ishtirokini taminlash maqsadida muddat o'zgartirildi.

Turnir haqida muhim ma'lumotlar:

Ishtirokchilar: Hozirda 24 ta jamoadan 23 tasi ma'lum bo'lib ulgurgan.

So'nggi yo'llanma: Oxirgi ishtirokchi nomi 2026 yil 4 iyun kuni Livan va Yaman o'rtasidagi o'yindan so'ng aniqlanadi.

Savatchalar tarkibi bilan tanishing:

1-savatcha: Saudiya Arabistoni (Mezbon), Yaponiya, Eron, Janubiy Koreya, Avstraliya, O'zbekiston.

2-savatcha: Qatar, Iroq, Iordaniya, BAA, Ummon, Suriya.

3-savatcha: Bahrayn, Tailand, Xitoy, Falastin, Vetnam, Tojikiston.

4-savatcha: Qirg'iziston, Shimoliy Koreya, Indoneziya, Kuvayt, Singapur, Livan yoki Yaman.

Musobaqa muddati: 19-bor o'tkazilayotgan Osiyo Kubogi 2027 yilning 7 yanvaridan 5 fevraliga qadar davom etadi.

Eslatib o'tamiz, Saudiya Arabistoni o'z tarixida ilk bor ushbu nufuzli musobaqaga mezbonlik qilmoqda. Qur'a natijasida Osiyoning eng kuchli jamoalari 6 ta guruhga bo'linadi.

Ўхшаш янгиликлар