
"Bu natijaning ahamiyatini kamaytirib ko'rsatmayman - bu biz uchun juda muhim, ulkan g'alaba edi. Raqibda ham vaziyatlar bo'ldi, lekin quruq hisob va bizning himoyadagi o'yinimiz… Biz so'nggi sutka ichida butunlay yangi to'rttalik himoyachilar bilan jamoani tayyorlash uchun katta ish qildik.
"Manchester Yunayted"da qolishimmi? Men bu yerda bo'lishni juda yaxshi ko'raman. Vaziyatni tushunaman, lekin u to'liq mening qo'limda emas. Bunday kechalarda ishtirok etishni, o'ziga xos narsalarni yaratishni, jamoa qurishni xohlayman. Menda aniq muddatlar yo'q", - dedi Kerrik.