
"Yaqin orada bugungidek hujumkor, tomoshabop, chiroyli o'yin ko'rmagandim. Superliga aynan mana shunday chiroyli, hujumkor va tomoshabop o'yinlar bilan muxlislarni tortadi. Yigitlar, bu – futbol, mag'lubiyatga qaramay, Dinamoning maydondagi haqiqiy mardonavor o'yini, kurash uchun sizga, murabbiylarga rahmat!
Hali kubok finalida uchrashamizmi? Zo'r o'yin bo'lardi. Mana shunday mardonavor, hujumkor o'yin uchun sizlarga yana bir marta rahmat!" - dedi "Paxtakor" klubi raisi.