
"Avvalo raqibni tabriklayman. Birinchi goldan keyin biz yaxshi javob qaytardik, lekin keyin temp past bo'ldi. Tanaffusdan keyin gaplashdik, qayta tashkillandik va keraklicha o'ynay boshladik. Uchinchi golni urishimiz mumkin edi - Jonni va Baenada vaziyatlar bo'ldi. Qo'shimcha vaqtda har ikki jamoada ham imkoniyat bo'ldi: Xulianning shtangaga teggan zarbasi va Mussoning seyvi. Biz juda munosib o'yin ko'rsatdik, lekin afsuski, penaltilar seriyasida omad ular tomonda bo'ldi. Ularni tabriklayman", - dedi Simeone.
Bu g'alaba "Real Sosedad" uchun tarixdagi to'rtinchi sovrin bo'ldi. O'tgan yili turnir g'olibi "Barselona" bo'lgan edi.