
- Fursatdan foydalanib, muxlislarni, jamoadoshlarimni va murabbiylarni g'alaba bilan tabriklayman. Bugun bosh murabbiyimizning tug'ilgan kuni edi. Bu orqali unga yaxshi sovg'a berdik deya olaman. O'yin qiyin bo'lishini bilardik. Xarakter namoyish qilib, natijaga erishdik.
- Malum muddat legioner sifatida o'ynadingiz. Xorijdagi faoliyatdan keyin yurtimiz chempionatiga moslashish qiyin kechmadimi?
- Yo'q. Mavsum endi boshlandi. Lekin men hech qanday qiyinchilik sezayotganim yo'q. Bundan oldin ham Superligada aynan ushbu murabbiy qo'l ostida o'ynaganman. Hozircha hammasi yaxshi. Bundan keyin ham shu ruhda davom etaman.

- 1-turda burchak zarbasidan keyin o'z hisobingizga gol yozib qo'ydingiz. Bugun ham aynan burchak zarbasidan keyingi zarba orqali gol urildi. "Buxoro"ning asosiy quroli sifatida burchak zarbasini keltirsa bo'ladimi?
- Standart aslida asosiy qurol deb o'ylayman. Lekin o'yinimiz standartlar uchun qurilmagan, shunchaki o'yinimizning bir qismi.