
«River Pleyt» klubi o‘zining rasmiy saytida keyingi xabarnoma berilgunga qadar Argentina futbol assosiasiyasi (AFA) ijroiya qo‘mitasi tarkibidan chiqishga qaror qilganini e’lon qildi.
Klub o‘z qarorini qarorlar qabul qilish jarayonida «aniqlik va izchillik» yo‘qligi, shuningdek, klublarni oldindan ogohlantirmasdan yoki ovoz berish jarayonisiz to‘satdan qabul qilinayotgan qarorlar bilan asoslantirgan.
«River Pleyt» institutlarning uyg‘un faoliyat yuritishiga hamda qarorlar qabul qiluvchi kollegial organlarning qadriga qat’iy ishonadi. Biroq, ijroiya qo‘mitasining hozirgi ish uslubida ushbu organ tomonidan qarorlar qabul qilinishining aniq va izchil jarayonini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan prosessual kafolatlar mavjud emas deb hisoblaydi», — deyiladi press-relizda.
«River Pleyt» 38 karra Argentina chempioni bo‘lib, bu mamlakat rekordi hisoblanadi. Klub, shuningdek, to‘rt bor Libertadores Kubogida g‘olib chiqqan.