Ravshan Xayrullaev: "Hech qaysi raqibni oddiy jamoa sifatida qabul qilmaymiz"

  • Mr.NoBoDy 06.03.2026 02:32
  • 443
  • 30

"Buxoro" futbolchisi Ravshan Xayrullaev Superliganing 2-turi doirasida "Navbahor"ga qarshi o'yindan keyingi fikrlarini bildirdi.

- O'yinga yaxshi tayyorlangandik, "Navbahor"ni o'rganib chiqqandik. Mashg'ulotlarda yaxshi ishladik va bu o'z samarasini berdi.

- "Navbahor" kabi chempionlik uchun kurashayotgan jamoani mag'lub etish jamoaga qanchalik kuch bag'ishlaydi?

- G'alaba bo'lsa jamoa ishonchli o'ynaydi. Bu jamoaga ishonch beradi. O'zi har bir o'yinga g'alaba uchun chiqyapmiz. Bizga raqibning farqi yo'q, faqatgina g'alaba uchun o'ynaymiz.

- "Buxoro" ikkala o'yinida ham standartlar orqali g'alabaga erishdi. Jamoa asosiy etiborini standartlarga qaratadimi?

- Mashg'ulotlarda bu borada ishlaymiz. Bo'yi baland futbolchilarga standartlar bo'yicha alohida ish qilinadi.

- Navbatdagi o'yinda o'tish o'yinida mag'lub bo'lingan "Xorazm"ga qarshi bahs bo'ladi. Bu revansh uchun o'yin bo'ladimi yoki ularni oddiy raqib sifatida ko'ryapsizlarmi?

- Hech qaysi raqibni oddiy jamoa sifatida qabul qilmaymiz. Har bir o'yinga alohida tayyorlanib, g'alaba uchun o'ynaymiz. Barcha jamoalarni hurmat qilamiz.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar