
London derbisida "Kristal Pelas" g'alabaga erishib, o'z hisobida uch ochko yozdirib qo'ydi. Bu "Tottenxem" bosh murabbiyi Igor Tudorning jamoa boshqaruvidagi uchinchi o'yini bo'ldi. Ularning barchasida "shporlar" mag'lubiyatga uchradi.
Shu tariqa "Tottenxem"ning APLdagi g'alabasiz seriyasi 11 o'yinga etdi.
"Tottenxem" – "Kristal Pelas" 1:3
Gollar: Solanke (34) — Sarr (29 pen, 45+7), Larsen (45+1)
"Tottenxem": Vikario — Palinya, Danzo, van de Ven — Porro (Simons, 74), Grey, Sarr, Souza (Gallaxer, 43) — Kolo Muani (Bissuma, 43), Tel — Solanke (Risharlison, 74)
"Kristal Pelas": Xenderson — Richards, Riad, Kanvo — Munos (Klayn, 14), Uorton (Xyuz, 81), Kamada, Mitchell — Sarr, Gessan (Djonson, 67) — Larsen (Uche, 81)
Ogohlantirish: Souza (7), Sarr (25), Bissuma (82) — Larsen (22), Klayn (90+2)
Chetlatish: van de Ven (38)
APL JADVALI