Abbos G'ulomov: "Bunday o'yinda yarimta vaziyatdan ham bitta gol urib olishimiz kerak edi"

  • Mr.NoBoDy 06.03.2026 00:56
  • 471
  • 30

"Navbahor" futbolchisi Abbos G'ulomov Superliganing 2-turi doirasida "Buxoro"ga qarshi o'yindan keyingi fikrlarini bildirdi.

- Bugun "Navbahor" g'alabasi uchun nima etishmadi?

- G'alaba qozonmoqchi edik. Bunday o'yinda yarimta vaziyatdan ham bitta gol urib olishimiz kerak edi. Lekin imkoniyatlardan foydalana olmadik. Gol urganimizda ochiqroq va osonroq o'yin bo'lardi. "Buxoro" ko'p himoyalanib, qarshi hujumlarga o'tishini bilardik. Bizga imkoniyatlardan foydalana olish etishmadi.

- "Dinamo"ga qarshi o'yinda "Navbahor" ikkinchi raqamli bo'lib o'ynab, natijaga erishgandi. Bugun jamoa birinchi raqamli bo'lib o'ynashi, zararga ishladi, deyishimiz mumkinmi?

- "Dinamo" bilan ochiqroq o'yin bo'ldi. Ko'proq futbol o'ynaldi. Bu erda 10 kishilik himoyaga qarshi o'ynash qiyin bo'ladi. Agarda birgina imkoniyatimizdan foydalanganimizda, o'yin boshqacha bo'lardi.

- O'tgan mavsumda oldinroqda harakat qilib, gollar urayotgandingiz. Ushbu mavsumda esa orqaroqda o'ynayapsiz. Bu Temur Kapadzening qaroringizmi yoki Sizga qulayroq joymi?

- Murabbiy qaysi joyda jamoa uchun foydali ekanligimni aytsa, o'sha erda o'ynayapman.

- Kelasi turda "Navbahor" "Paxtakor"ga qarshi o'ynaydi.

- Bu o'yinni unutib, navbatdagi bahsga tayyorgarlik ko'ramiz. Unda muxlislarni xursand qilishga harakat qilamiz.


Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar