
- O'yin yaxshi bo'ldi. Jamoadoshlarimga rahmat aytaman. Ular oxirigacha kurashishdi. To'g'ri, chiroyli futbol ko'rsatmagan bo'lsak-da, bu erga ochko uchun kelgandik. Oxirigacha kurashgani uchun jamoadoshlarimga rahmat aytaman.
- "Navbahor" ham "Buxoro" kabi birinchi turda standartlar evaziga g'alabaga erishgandi. Raqibni o'rganishda nimalarga ko'proq ahamiyat berildi?
- Raqibning o'yinini ko'rdik. Ular ham birinchi turda chiroyli o'yin ko'rsatmadi, natija uchun o'ynadi. Bugun maydonda jang bo'lishini bilardik. Asosan shunga etibor qildik. Yigitlar oxirigacha kurashdi. Shu sababli g'alaba qozondik deb o'ylayman.

- Mavsum boshida "Buxoro" atrofida homiy bo'yicha gap-so'zlar bo'ldi. Bu jamoaga qanchalik tasir o'tkazmoqda?
- Shu gaplardan keyin barcha muxlislar "Buxoro" yaxshi natija ko'rsata olmaydi, deb o'ylamoqda. Yigitlar buni o'ylagani yo'q. Barchamizga natija muhim. Biz bu holatlarni o'ylamay, bir kuch bo'lib, maydonda faqatgina futbolni o'ylayapmiz.
- Keyingi o'yinda jamoa "Xorazm"ga qarshi o'ynaydi. O'tgan yili "Buxoro" ushbu raqibdan alamli mag'lubiyat qabul qilib olgandi. Bu jamoaga ikki karra kuch beradimi?
- Biz hamma o'yinda g'alaba uchun tushishga harakat qilyapmiz. Bu mavsum oldidan maqsadlar katta qo'yilgan. Nasib bo'lsa, "Xorazm" bilan o'yinda ham muxlislarni xursand qilishga intilamiz.