Superliga. "Lokomotiv" mavsumni ketma-ket ikki g'alaba bilan boshladi

  • Mr.NoBoDy 05.03.2026 21:16
  • 283
  • 30

Superliga 2-turidan o'rin olgan "Mashal" - "Lokomotiv" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Superliga, 2-tur

"Mashal" – "Lokomotiv" 0:2 

5 mart 2026 yil. G'uzor. "Markaziy" stadioni. 19:15

Hakamlar: Jasur Muxtorov, Islom Azimov, Avaz Abdullaev, Sardor Mirodilov 

Nazoratchi: Timur Abdullaev 

VAR: Doston Rahmonov 

AVAR: Aleksandr Burov 

Komissar: Vladimir Nazarov 

Gollar: Anzur Ismoilov 44, - 0:1 (Abdulloh Yo'ldoshev). Quvonchbek Abraev 45+1, - 0:2 (Suhrob Nurulloev). 

"Mashal": 35.Dostonbek To'xtaboev, 2.Zafar Akramov, 5.Samandar Ochilov (99.Rafael Viashima Ayagva, 83), 8.Sardor Abduraimov (7.Vlatko Stoyanovskiy, 65), 9.Ibrohim G'anixonov, 10.Humoyun Murtozaev, 14.Abdul Rashid Abubakar (17.Anvar Murodov, 46), 15.Muhammadali Aliqulov, 28.Ergash Ismoilov, 69.Roman Xadjiev, 97.Avgustin Chidi Kvem (22.Nurjahon Muzaffarov, 46).

Zaxira: 1.Azamat Soyibov, 13.Nuriddin Nuridinov, 18.Ilhom Abdig'aniev, 34.Shahboz Jo'raev, 37.Sherzod Fayziev, .

"Lokomotiv": 1.Aleksey Kozlov, 5.Anzur Ismoilov, 7.Quvonchbek Abraev (61.Nurlan Ibraimov, 61), 9.Suhrob Nurulloev (10.Shodiyor Shodiboev, 61), 11.Temurxo'ja Abduxoliqov (99.Muhriddin Zoirov, 79), 14.Nikolay Ivanov, 15.Aleksandar Shushnyar, 17.Sardor Mirzaev (8.Bilol Tupliev, 79), 26.Abdulloh Yo'ldoshev, 33.Oleg Zoteev, 70.Muhammadali Reimov (45.Yovan Nishich, 68).

Zaxira: 12.Nikita Shevchenko, 23.Diyor Turopov, 71.Lazizbek Mirzaev, 88.Islombek Baratov.

Chetlatish: Roman Xadjiev 90+3. 


MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH


90+4. ZARBA! Ivanovning jarimadan yo'llagan zarbasi darvoza ustidan o'tib ketdi 

90+3. Chetlatish! Roman Xadjiev birga bir vaziyatga chiqib ketayotgan Nurlan Ibraimovni yiqitgani uchun maydondan chetlatildi

90+3. ZARBA! Ivanovning jarima maydoni ichidan tepgan to'pi darvoza ustuniga tegib qaytdi! 

90+1. Zarba! G'anixonovning zarbasidan keyin Kozlov to'pni egallab oldi

90. Uchrashuvga 3 daqiqa qo'shildi 

83. O'zgarish. "Mashal". Samandar Ochilov o'rniga Ayagva tushdi 

82. UXXX! Muzaffarovning uzatgan to'pini Nuriddinov darvozaga yo'lladi, dastlab Kozlov, keyin Anzur Ismoilov to'pni qaytarishdi! 

79. O'zgarishlar. "Lokomotiv". Mirzaev va Abduxoliqov o'rniga Tupliev va Zoirov tushdi 

69. ZARBAAA! Stoyanovskiyning o'ng qanotdan oshirgan to'pini Nuriddinov boshi bilan darvozaga yo'lladi, Kozlovdan ajoyib seyv! 

68. O'zgarish. "Lokomotiv". Reimov o'rniga Nishich tushdi

65. O'zgarish. "Mashal". Abduraimov o'rniga Stoyanovskiy tushdi

63. Zarba! Ivanovning jarima maydoni tashqarisidan yo'llagan zarbasidan keyin To'xtaboev to'pni egallab oldi

61. O'zgarishlar. "Lokomotiv". Abraev va Nurulloev o'rniga Shodiboev va Ibraimov tushdi

59. Zarba! Ochilovning jarimadan tepgan to'pi Reimovga tegib qaytdi, qaytgan to'pni yana Ochilov darvozaga yo'lladi, noaniq 

58. "Mashal"da qulay jarima to'pi, to'p Reimovning qo'liga tegdi. Darvozagacha taxminan 17 metr bor. 

51. ZARBA! Samandar Ochilovning zarbasi xavfli chiqdi, to'p himoyachiga tegib maydonni tark etdi 

46. Ikkinchi taym boshlandi 

46. O'zgarishlar. "Mashal". Abubakar va Kvem o'rniga Muzaffarov va Murodov maydonga tushdi


45+3. Birinchi taym yakunlandi, hozircha - 0:2. 

45+2. GOL! QUVONCHBEK ABRAEV! Nurulloevning to'p uzatishidan keyin Abraev gol urdi - 0:2. 

45. Birinchi taymga 3 daqiqa qo'shildi 

44. GOL! ANZUR ISMOILOV! Jarima to'pidan keyin Ismoilov darvozani ishg'ol qildi - 0:1.  

33. ZARBAAA! Burchak to'pidan keyin Chidi Kvem boshi bilan zarba berdi, noaniq!

27. "Mashal"ning hujumi, Abduraimovning jarima maydonidan yo'llagan zarbasi Shushnyarga tegib maydonni tark etdi, burchak to'pi, burchak to'pi foyda keltirmadi 

24. Ochilovning havolatib uzatgan to'piga Chidi Kvem eta olmadi...

17. "Mashal"ning qarshi hujumi, o'ng qanotdan G'anixonov oldinga o'tdi, uni Anzur Ismoilov to'xtatdi, burchak to'pi

13. G'uzorda bugun kuni bilan yomg'ir yoqqan va bu maydonga o'z tasirini o'tkazgan. Ko'p joyda to'p suvda to'xtab qolmoqda

9. "Mashal"ning hujumi, chap qanotdan Abubakarning jarima maydoni ichiga uzatgan to'piga G'anixonov eta olmadi 

6. "Lokomotiv"da ketma-ketma ikkita burchak to'pi, gol yo'q

4. VAR ham bu vaziyatni tekshirdi va maydondagi hakamlarning qarorini tasdiqladi, hisob 0:0

3. GOL! Sardor Mirzaev qanotdan uzatilgan to'pni boshi bilan darovzaga yo'lladi, qanot hakami Nurulloev oshirayotganida to'p maydonni tark etgan deb topdi va gol inobatga olinmadi.

1. O'YIN BOSHLANDI!

- Uchrashuv sot 19:15da boshlanadi. 

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar