
- Birinchi navbatda barcha muxlislarimizni tabriklayman. Shuningdek, uzoq masofani bosib kelib, bizni qo'llab turgan muxlislarga o'z minnatdorligimni bildiraman. Bu o'yin oson o'tmasligi aniq edi. Buni futbolchilarga ham aytib o'tgandik. Yani, turnir jadvalida yuqoriroqda joylashadigan jamoalar yosh jamoalarga qarshi o'ynashga ruhiy tomondan qiynaladi. Bu Evropaning ko'plab jamoalarida ham kuzatiladi. Shu sababli futbolchilar bilan ham bu borada ko'p gaplashdik. Istaymizmi yo'qmi, ruhiy holatga ko'p narsa bog'liq. Shunga qaramasdan jamoa yaxshi harakat qildi va eng asosiysi imkoniyatlarimizni golga aylantira oldik.
- Jamoada birinchi turga qaraganda katta rotaciyaga qo'l urildi. Bu nima bilan bog'liq?
- Tarkibimizda bir qancha yaxshi saviyadagi futbolchilar bor. Shu sababli har o'yinda futbolchilarga imkoniyat berishga harakat qilyapmiz. Bu normal holat. Chunki jamoa tarkibidan kelib chiqib, rotaciyalarga qo'l uramiz. Ikkinchidan, mavsum tig'iz, o'yinlar orasidagi farq juda yaqin. Shu uchun har o'yinda rotaciyaga qo'l uramiz.