
- Hayrli kech. O'yin haqida nima deyish mumkin. Birinchi bo'lim yomon fikrlamadik. Yigitlar harakat qilishdi. Yuqori saviyadagi jamoa bilan tengma-teng kurashdik. Raqibni g'alaba bilan tabriklayman, ularning futbolchilari yaxshi saviyada, mahorat etarlicha. Bunday jamoalarga qarshi o'yinlarda yarimta vaziyatlardan ham foydalanish kerak. Aynan shu holat bizga o'yin davomida etishmadi. Birinchi bo'lim yakuniga yaqin biz keraksiz gol o'tkazib yubordik. Agarda 0:0 bilan tanaffusga chiqib ketganimizda, ikkinchi bo'limni boshqacha o'tkazardik. Futbol agar-agarlarni yoqtirmaydi. Afsuski, gol o'tkazib yubordik.
- Ushbu o'yinda surxondaryolik yoshlar Azam Temirxonov, Umid Quvondiqov hamda Tohirjon Ashurboev debyutini amalga oshirdi. Ular haqida fikrlaringiz.
- Ularning potenciali yuqori. Lekin raqibimiz kuchli edi. Shu sababli ushbu yoshlarimizga juda qiyin bo'ldi va o'zlarining sifatlarini ko'rsatishga qiynalishdi. Bundan ularning o'zlari ham mamnun emas. Bugungi kunda bizning resurslarimiz shunday. Etibor yoshlarga qaratilgan. Mehnat qilib, ishlashda davom etishimiz kerak. Vaqti kelib, ushbu yigitlar o'zlarini ko'rsatishadi. Shunchaki vaqt kerak.