
Payshanba kuni AQSH Prezidenti Donald Tramp Oq uyda o‘tgan mavsumda MLS Kubogini qo‘lga kiritgan «Inter Mayami» jamoasini qabul qiladi. Bu haqda The Touchline nashri xabar bermoqda. Ta’kidlanishicha, Lionel Messi ilk bor Tramp bilan yuzma-yuz uchrashadi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning kuzida Donald Tramp Oq uyda Krishtianu Ronalduni qabul qilgan edi. Bundan biroz avvalroq portugaliyalik yulduz o‘z intervyusida AQSH Prezidenti bilan suhbatlashish istagi borligini bildirgandi.
Lionel Messi faoliyati davomida sakkiz marta «Oltin to‘p» sohibi bo‘lgan. Argentinalik yulduzning «Inter Mayami» bilan shartnomasi 2028 yil oxirigacha mo‘ljallangan.
Ma’lumot uchun, «Inter Mayami» MLSning yangi mavsumidagi dastlabki ikki o‘yinda uch ochko jamg‘arishga muvaffaq bo‘ldi.