
- Asosiy mavzu maydon bo'ladi. Shu sababli jamoalar bugun futbol o'ynamadi, faqatgina kurashishiga to'g'ri keldi. Birinchi bo'limda ham, ikkinchisida ham yaxshi vaziyatlar yuzaga keldi. Biroq realizaciya bizga pand berdi. Shunday paytlarda gollar ura olmagandan keyin futbolchilar koncentraciyani yo'qotadi. Taym yakunida og'ir maydonda shunday ishlar bo'lib ketdi. Ikkinchi bo'limdagi kurashlarda futbolchilarim ko'proq g'olib bo'ldi. Yigitlarga rahmat aytaman. O'yinni o'zgartirishimiz mumkin edi, yaxshi vaziyatlarga ega bo'lgandik. Ha, tezkor qarshi hujumda gol o'tkazib yuborishimiz mumkin edi. Biroq yutqazayotgan paytda biz gol urish uchun oldinga o'tishga majbur bo'lgandik. Umuman olganda biz uchun natija qoniqarsiz bo'ldi.
- Futbolchilar Sizning taktikangiz, ko'rsatmalaringizni qanchalik bajara olishmoqda?
- Aytganimdek, bugun taktikaga asoslangan o'yin bo'lmadi. Futbolchilar meni eshitishmoqda, bajara olishmoqda. Lekin biz ko'rsatmoqchi bo'lgan futbolimizning amalga oshishiga ob-havo yo'l qo'ymadi. Menimcha raqib jamoada ham shunday bo'ldi. Futbolchilar esa mashg'ulotlardagi ko'rsatmalarni bajarishga harakat qilishmoqda. Ammo bunday sharoitda taktikani ko'rsatish juda qiyin bo'ladi. Nafaqat qiyin, balki, buning iloji ham yo'q.
- Qizil kartochkaga munosabatingiz?
- Buni ko'rish kerak. Hakam ko'rsatdimi, demak bor edi.