
- O'yin haqida fikringiz?
- Bugun o'yinni yaxshi boshladik, to'p nazorati ham bizda bo'ldi. Faqat birinchi bo'limdagi vaziyatlarni golga aylantirishda oqsadik. Qolaversa "Qo'qon-1912" ham yaxshi o'yin namoyish etganini aytib o'tishim kerak. Ikkinchi bo'limda ikkita o'zgarishni qildik va ikkita gol urdik. O'yin oxirlarida esa penaltidan gol o'tkazib yubordik.

- Qatorasiga ikki turdan beri zaxiradan tushayotgan o'yinchilar gol urmoqda. Bu avvaldan o'ylangan rejami?
- Yo'q. Biz futbol o'ynash haqida o'ylaymiz. Buning taktikaga hech qanday aloqasi yo'q, faqat hujumchimiz to'liq o'yinga tayyor bo'lmagani bois 45 daqiqa vaqt beryapmiz. Endi Doston Hamdamovga keladigan bo'lsak, zaxiradan tushib gol uryapti, davomiy bo'lsin deb qolamiz.
- Yosh futbolchilar haqida fikringiz?
- Abdumajidov anchadan beri jamoamizda o'ynayapti, buni ko'pchilik biladi. Tez orada terma jamoaga ham chaqiriladi deb o'ylayman. Turdimurodovga kelsak, uning kelganiga hali ko'p bo'lmadi. Nasib qilsa, o'yindan o'yinga kuchayib borib jamoamizga ko'p foydasi tegadi.