
Ispaniya va Argentina terma jamoalari o‘rtasidagi Finalissima bahsi bo‘lib o‘tadi, biroq u boshqa joyga ko‘chiriladi. Mintaqadagi harbiy harakatlar tufayli Qatar ikkita top jamoa o‘rtasidagi sovrin uchun kechadigan bahsni qabul qilmaydi. Bu haqda El Mundo nashri xabar bermoqda.
Yaqin 48 soat ichida UEFA, KONMEBOL va Qatar Finalissimani boshqa davlatga ko‘chirish bo‘yicha yakuniy qarorni qabul qiladi. O‘yinni o‘tkazish uchun Yevropa shaharlari — London, Rim va Milan asosiy favoritlar sifatida ko‘rilmoqda. Shuningdek, Marokash ham mazkur uchrashuvga mezbonlik qilishi mumkin.
Argentina terma jamoasi — Amerika Kubogining amaldagi sohibi, Ispaniya esa amaldagi Yevropa chempioni hisoblanadi. Avvalgi Finalissimada argentinaliklar Italiyani 3:0 hisobida mag‘lub etishgan edi.