Yurgen Klopp "Atletiko" bilan muzokaralarni boshladi

  • Mr.NoBoDy 04.03.2026 22:32
  • 271
  • 30

"Liverpul” sobiq ustozi Yurgen Klopp yozda murabbiylik faoliyatiga qaytishi mumkin.

Bu haqda Pipi Estrada xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, germaniyalik mutaxassis "Atletiko" bilan muzokaralar olib bormoqda. Agar unga "matraschilar"ning taklifi maqul kelsa, u “Red Bull” futbol bo'limi boshlig'i lavozimidan ketishga tayyor.

Eslatib o'tamiz, "Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone mavsum yakunlangach klubni tark etishi mumkin. Argentinalik mutaxassisning "matraschilar" rahbariyati bilan kelishmovchiligi bor.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar