Andrey Shipilov: "Tanaffusdayoq 2-3 nafar futbolchini almashtirishimiz kerak edi"

  • Mr.NoBoDy 04.03.2026 22:48
  • 686
  • 30

Superliga 2-turdan o'rin olgan "Qo'qon-1912" - "Paxtakor" (1:2) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida qo'qonliklar bosh murabbiyi Andrey Shipilov ishtirok etdi.

- O'yin haqida fikringiz?

- Juda hayajonli va og'ir o'yin bo'ldi. Birinchi taymda o'ylagan rejamiz amalga oshdi. "Paxtakor"ga bizga ko'p muammo tug'dirmadi. Tanaffusdayoq 2-3 nafar o'yinchini almashtirishimiz kerak edi, bu esa mening xatoyim bo'ldi. Ikkinchi taymda nimalar sodir bo'ldi, hayronman. Biz haliyam kiyim almashtirish xonasida qolib ketgandek tasavvur uyg'ondi. Nima bo'lgan taqdirda ham futbolchi almashtirishimiz kerak edi. Maydonda o'n kishi qolib ham gol urdik, faqat shu xursand qildi.

- Avvalgi bahsda ham, bugun ham Javohir Sidiqov bilan Shohruh Gadoevning o'yini chiqmadi. Ularga etirozingiz bormi?

- To'g'ri savol berdingiz. Ular ham harakat qilyapti, ular ham odam. "Buxoro" bilan bahsda ularni almashtirgandik. Bu ikki futbolchimiz o'z darajasini hali 50 foiz ham ko'rsata olgani yo'q. Bu nima bilan bog'liq ekanini bilmayman. Biz doim futbolchilarni nazorat qilib turamiz. O'yin oxirida ko'rsatgan o'yinimizni bahs davomida ko'rsatishimizni xohlagandim. Hammasini tahlil qilamiz.

- Hakam "Paxtakor" o'yinchisiga qizil kartochka ko'rsatib, keyin bekor qilindi.

- Qiziq savollar beryapsiz, bu savolga ham javob berish yoqimli. Hakamlar qo'mitasi qarorini bir-ikki kun kutishimizga to'g'ri keladi. Bu holatni nima deb izohlashlari menga ham qiziq. Bungacha raqibning 4-raqamli futbolchisi to'pni qo'li bilan o'ynagandi, lekin shu vaziyatga negadir hech kim etibor bermadi. Siz aytgan vaziyatni esa sinchiklab ko'rishdi. Aytib o'tganimdek, qo'mita fikrini kutamiz. Men o'yin tugashi bilan ro'y bergan voqeani ko'ra olmadim, shu bois aniq bir gap aytishim qiyin. Vaziyat og'ir, lekin hammasini o'nglashga harakat qilamiz.



Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar