
U rasman «Guliston» klubi murabbiylar shtabidan joy oldi.
Murabbiylikdagi yangi qadam
Malum qilinishicha, yosh mutaxassis «Guliston» bosh murabbiyi Abbos Ergashevga yaqindan ko'maklashadi. Maxstaliev o'tgan mavsumda «Sirdaryo FA» jamoasini boshqarib, murabbiylik borasida dastlabki tajribasini to'plagan edi. Bundan tashqari, u Sirdaryo viloyati futbol akademiyasida ham yosh iqtidorlarga o'z bilimlarini o'rgatib kelmoqda.
Futbolchilik faoliyatidagi yorqin izlar:
Muxlislar Abbosbekni nafaqat O'zbekiston o'smirlar va yoshlar terma jamoalari safidagi kichik mundiallardagi qahramonliklari va muhim gollari orqali, balki poytaxtning «Paxtakor» klubidagi (2011-2014 yillar) yorqin o'yinlari bilan ham juda yaxshi eslashadi.
Uning klublar miqyosidagi faoliyati qisqacha:
2011-2014 yillar: «Paxtakor»
2015-2018 yillar: «Neftchi»
2019-2020 yillar: «Surxon»
2023 yil: «Yangier» (Birinchi ligada chempion bo'lib, jamoa bilan Pro ligaga yo'llanma olgan).
Shuningdek, elimizning faxriga aylangan bu sobiq futbolchi davlatimiz tomonidan «O'zbekiston iftixori» ko'krak nishoni bilan ham taqdirlangan.