Tartib-intizom qo'mitasi 1-turdagi qoidabuzarliklar bo'yicha qaror chiqardi: Babayan jarimaga tortildi

  • Mr.NoBoDy 04.03.2026 16:16
  • 232
  • 30

O'zbekiston Professional futbol ligasi qoshidagi Tartib-intizom qo'mitasi Superliganing 2026 yilgi mavsum 1-turida kuzatilgan qoidabuzarliklar yuzasidan o'z qarorlarini elon qildi.

Samvel Babayanga jarima tortildi

27 fevral kuni bo'lib o'tgan "Andijon" — "So'g'diyona" uchrashuvining 44-daqiqasida andijonliklar bosh murabbiyi Samvel Babayan maydon chetida raqib futbolchisining to'p bilan harakatlanishiga ataylab xalaqit bergani aniqlandi. Shu sababli, qo'mita Tartib-intizom kodeksining 61-moddasiga asosan mutaxassisga nisbatan jarima intizomiy jazo chorasini qo'lladi.

"Bunyodkor"ga jiddiy ogohlantirish berildi

1 mart sanasidagi OKMK — "Bunyodkor" bahsida toshkentliklar futbolchisi Dmitriy Pletnyov hakam qaroriga norozilik bildirgani uchun sariq kartochka bilan ogohlantirilgan edi. Ushbu holat bo'yicha hakamning bildirgisi ko'rib chiqildi va Superliga Reglamentining 15.37-bandiga muvofiq, "Bunyodkor" klubiga ogohlantirish intizomiy jazo chorasi belgilandi.

Endilikda reglamentning mazkur bandiga ko'ra, mavsumning qolgan qismida "Bunyodkor" futbolchilari tomonidan simulyaciya, vaqtni cho'zish yoki hakam qaroriga etiroz sababli sariq kartochka olinsa, ularga nisbatan to'g'ridan-to'g'ri jarima intizomiy jazo chorasi qo'llaniladi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar