
Tomonlar tiklanish jarayoni va muddatlari borasida turlicha fikrda.
"Real"ning rejasi qanday edi?
Avvalroq "Madrid" franciyalik hujumchining tizza paylari cho'zilganini va u taxminan 3 haftani o'tkazib yuborishini malum qilgan edi. "Cadena SER" nashrining xabar berishicha, klub Mbappening 17 mart kuni Chempionlar Ligasi 1/8 finali doirasida "Manchester Siti"ga qarshi kechadigan o'ta muhim javob o'yinida maydonga tusha olishiga to'la ishonmoqda.
Mbappe atrofidagilar nima demoqda?
Biroq futbolchining vakillari bu bahoga umuman qo'shilmayapti. Ularning takidlashicha, Kilianning jarohati ko'ringanidan ko'ra ancha jiddiy va JCH-2026 musobaqasi boshlanishiga atigi 100 kun qolgan bir paytda tavakkal qilish yaramaydi. Franciya terma jamoasi sardori mundialgacha to'liq sog'ayib olishni maqsad qilgan.
Jurnalist Anton Meana Mbappe vakillarining poziciyasini quyidagicha keltirib o'tdi:
"O'yinchining chap tizzasidagi orqa xochsimon paylari uzilish arafasida turibdi. Tibbiy xulosada yozilgani uchun buni shunchaki "pay cho'zilishi" deb atay qolaylik, ammo jarohat haqiqatan ham o'ta jiddiy. Jahon chempionatiga to'liq tiklanib borishi uchun unga mana shu 100 kun suv va havodek zarur".
Shu sababli, Mbappening vakillari "Real" tomonidan belgilangan tezlashtirilgan tiklanish grafigiga norozilik bildirmoqda. "Manchester Siti"ga qarshi maydonga tushish katta risk va Mbappe bunday tavakkalga qo'l urmoqchi emas", — deb qo'shimcha qildi Meana.