Farhod Nishonov: "Qura haqida? "Sho'rtan" bilan o'ynashni istamagandim"

  • Mr.NoBoDy 04.03.2026 15:24
  • 158
  • 30

Kecha Pro liganing yangi mavsumiga qura tashlandi.

"Olimpik-MobiUz" chempionatni G'uzorning "Sho'rtan" jamoasiga qarshi o'yin bilan boshlashi aniq bo'ldi. Biz bu borada "Olimpik-MobiUz" bosh murabbiyi Farhod Nishonovning fikrlari bilan qiziqdik.

- Jamoaning hozirligi qay darajada?

- Tayyorgarlik reja asosida, ko'zlaganimizdek davom etmoqda. Mashg'ulotlarni terma jamoalar bazasida olib boryapmiz. Ob-havo iliqlashgach, o'z bazamiz — "Jar" stadioniga ko'chamiz. Ayni paytda ushbu arenani chempionatga shay holatga keltirish ishlari olib borilmoqda. Sharoit va imkoniyatlarimiz talab darajasida.

- Qishda bir qator muhim futbolchilar bilan xayrlashildi. Ularning o'rni qanday to'ldirildi?

Tarkibda muayyan o'zgarishlar yuz berdi. Qishki transfer oynasida bir qator etakchi futbolchilarimiz boshqa klublarga o'tdi. Ular faoliyatida yangi bosqichga ko'tarildi, shuning uchun yo'lini to'smadik, omad tiladik. Bu ketishlar jamoani zaiflashtirdi, deb o'ylamayman. Aksincha, salohiyatini hali to'liq namoyon etmagan ijrochilarni jalb etdik. Hozir ular yangi muhitga moslashib bormoqda va o'zini ishonchli his qilyapti. Ichki muhit sog'lom, jamoada o'zaro ishonch yuqori.

- Yangicha ruhda start oladigan Pro ligadan nimalar kutyapsiz?

- 2026 yilgi Pro liga mavsumi qiziq va murosasiz kechishi kutilmoqda. Ishtirok etayotgan 14 klubning har biri etarli imkoniyatga ega. "Paxtakor-Farm", "G'azalkent", "Metallurg" kabi jamoalarning qo'shilishi raqobatni yanada oshiradi. Ayrim klublar tarkibida legionerlar bor, boshqalari esa turli yosh toifasidagi futbolchilarga tayanadi. 

- Mavsumni "Sho'rtan"ga qarshi boshlash haqida...

- Qura masalasiga to'xtalsam, ochig'i, "Sho'rtan"ga qarshi o'yinni istamagandim. Bu jamoa Pro ligada eng tajribali klublardan biri sanaladi. O'tgan mavsum Superligada ishtirok etgan. Tarkibida malakali ijrochilar va etarli legionerlar bor. Biroq qura taqdiri shu bo'ldi. Biz har qanday raqibga qarshi o'z uslubimizda maydonga tushamiz. Jamoamga ishonaman — futbolchilar imkoniyatlarini namoyon eta oladi. Nasib etsa, ko'zlangan maqsadga etamiz.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar