
Jahon chempionati futbol tarixida birinchi marta uch davlat — AQSH, Kanada va Meksikada o'tkaziladi.
Mundial boshlanishiga 100 kun qolganida turnirning rasmiy posteri taqdim etildi.
"Futbol bo'yicha jahon chempionati tarixida birinchi marta uch nafar rassom birlashib, turnirning rasmiy posterini yaratdi. Kanadalik rassom Karson Ting, meksikalik Minerva GM va amerikalik Xenk Uillis Tomas o'z istedodlari va uslublarini birlashtirib, futbolga bo'lgan umumiy ishtiyoq dunyoni qanday birlashtirishini ko'rsatuvchi asar yaratdi", — deya FIFA rasmiy saytida aytilgan.
2026 yilgi futbol bo'yicha jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulgacha bo'lib o'tadi.
