"Atletiko"ni yirik hisobda mag'lub etib, kubokdan chiqib ketgan Flik nimalar dedi?

  • Mr.NoBoDy 04.03.2026 07:48
  • 206
  • 30

"Barselona" bosh murabbiyi Xansi Flik Ispaniya Kubogi yarim finali javob o'yinida "Atletiko" ustidan 3:0 hisobidagi g'alaba haqida fikr bildirdi.

Biz faqat to'rtinchi golni urib qo'yishga erisha olmadik, bunaqa holatlar bo'lib turadi. Agar biz yana shunga o'xshash o'yinlarni o'tkazsak, bizni hech narsa to'xtata olmaydi.

Bugungi uchrashuvda yana ikki nafar futbolchimiz jarohat olgani yaxshi bo'lmadi. Bir hafta ichida uch nafar o'yinchi jarohat oldi — bu juda yomon. Biz tibbiy guruh va jismoniy tayyorgarlik murabbiylari bilan gaplashib, jarohatlarning oldini olish choralarini ko'rib chiqishimiz kerak", — deya Flikning so'zlarini Sport.es nashri keltiradi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar