
Mutaxassis Vinisiusning nima uchun jazolanganiga aniqlik kiritdi.
Kartochka raqs uchun emas edi:
Iturraldening takidlashicha, bosh hakam Fransua Letekse braziliyalik futbolchiga raqs tushgani uchun emas, balki boshqa sababga ko'ra sariq kartochka ko'rsatgan:
"Vinisius raqs uchun jazolangani yo'q. U tribunadan muxlislar uloqtirgan buyumlarni qaytarib irg'itgani uchun ogohlantirildi. Hakam undan u erdan ketishni so'ragan va mojaro keltirib chiqarayotganini aytgan, biroq Vinisius bunga etibor bermagan".
Mourinyuga "salom":
Iturralde Mourinyuning "Vinisius golni Di Stefano kabi vazmin nishonlashi kerak" degan gaplariga kinoya bilan javob berdi:
"Mourinyuning nishonlashlar haqida gapirishi juda qiziq. U Vinisiusga Di Stefanoni o'rnak qilib ko'rsatmoqda, lekin o'zining nishonlashlari-chi? Unga mumkin-u, boshqalarga yo'qmi? Bu shunchaki mantiqsizlik".
Irqchilik — alohida mavzu:
Sobiq referi maydondagi hissiyotlar va irqchilikni adashtirmaslik kerakligini alohida qayd etdi:
"Keling, farqlaylik. Futboldagi hissiyotlar va bahslar — bu o'yinning bir qismi. Ammo irqchilik haqoratlari — bu mutlaqo boshqa narsa va bunga aslo yo'l qo'yib bo'lmaydi".
Eslatib o'tamiz, ushbu bahsda Vinisius Junior irqchilikka duch kelganini davo qilgan, Joze Mourinyu esa o'yin yakunida hakamlar bilan bahslashgani uchun qizil kartochka olib maydondan quvilgan edi.