
Manbaga ko'ra, “buqalar” 2026 yilning yozida 19 yoshli ivuarlik futbolchi uchun 100 million evro atrofida pul so'rashadi. "Bavariya" bunday summani to'lashga tayyor emas, shuning uchun Angliyaga ko'chib o'tish juda real variantga aylanmoqda. Uning ortidan "Manchester Yunayted" va "Manchester Siti" klublari ham kuzatib bormoqda.
Diomande 2025 yilning iyulidan beri "Leypcig"da o'ynamoqda. Uning shartnomasi 2030 yil 30 iyungacha amal qiladi.
Yarim himoyachi 2025/26 yilgi mavsumda 23 ta o'yinda 8 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Transfermarkt portali futbolchining transfer qiymatini 45 million evroga baholagan.