A Seriya. "Napoli" o'n kishi bo'lib 90+5 daqiqada gol urgan holda "Jenoa"ni mag'lub etdi

  • Mr.NoBoDy 08.02.2026 00:24
  • 297
  • 30

A Seriya 24-tur doirasidagi "Jenoa" - "Napoli" o'yini bo'lib o'tdi.

Ruslan Malinovskiy 3-daqiqada gol urib, mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Ammo, “Napoli” birinchi taymning o'zida 2 daqiqada ichida ikkita to'p kiritib, hisobni tenglashtirdi. Rasmus Xoylund (20) va Skott Maktominey (21) neapolliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. “Jenoa” hujumchisi Lorenso Kolombo 57-daqiqada hisobni tenglashtirdi. 76-daqiqa Juan Jezus maydondan chetlatildi va mehmonlar o'n kishi bo'lib qolishdi. Ammo, bu “Napoli”ga g'alaba golini kiritishga halal bermadi, 90+5 daqiqada Rasmus Xoylund penaltini aniq ijro etib, jamoasiga uch ochkoni taqdim etdi.

“Napoli” 24 o'yindan so'ng 49 ochko jamg'argan holda A Seriya turnir jadvalida 3-o'rinda, “Jenoa” esa 23 ochko bilan 16-o'rinda bormoqda.


Match-senterda ochish


Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar