
Kataloniyaliklar ushbu o'yinda yirik hisobda g'alabaga erishishdi. Gollarga Robert Levandovski (29-daqiqa), Lamin Yamal (61) va Mark Bernal (83) mualliflik qildi.
“Barselona” ushbu o'yindan so'ng 58 ochko bilan turnir peshqadami bo'lib turibdi. Undan keyingi o'rinda 54 ochko bilan “Real” kelmoqda. Ammo, madridliklar ushbu turdagi o'yinini endi o'tkazadi.

