"Sho'rtan"ning sobiq ustozi va Kapadzening yordamchisi - Dmitriy An "Neftchi" (Qo'chqor-ota)da kimlar bilan ishlayapti?

  • Mr.NoBoDy 05.02.2026 08:24
  • 467
  • 30

Xabaringiz bor, qo'shni mamlakat Qirg'iziston klubida o'zbekistonlik mutaxassis Dmitriy An ish boshlagan.

Unga murabbiylar shtabida Superliga klublarida ishlagan bir qator mahalliy mutaxassislar ko'maklashmoqda. 

Artyom Davletov — avval Timur Kapadze bilan "Olimpik" va O'zbekiston otjda birga ishlagan. 

Timur Babaxanov — "Bunyodkor" akademiyasida,  "Andijon", "So'g'diyona" jamoalarida faoliyat olib borgan. Bundan tashqari darvozabonlar bilan belaruslik Vitaliy Varivonchik ishlayapti. U 2012-2013 yillarda "Sho'rtan"da Kriushenkoga yordam bergan. 

Klub tarkibga o'zbekistonlik to'pteparlar Javohir Alijonov, Sarvar Ablaev, Sardor Xursandov, Dadaxon Yusupov, Sobit Sindarovni qo'shib oldi. Jamoa ayni vaqtda Antaliyada o'quv-mashg'ulot yig'inlarini olib bormoqda.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar