Oshpaz va oficiantlikdan futbolga. Boake haqida 7 qiziqarli fakt

  • Mr.NoBoDy 16.01.2026 14:16
  • 382
  • 30

Yaqinda "Andijon" klubi bilan shartnoma imzolagan Martin Boake haqidagi qiziqarli malumotlar bilan o'rtoqlashamiz.

– Martin Italiyada tug'ilgan, ammo uning ota-onasi ganalik.

– Boake mehmonxona menejirlari tayyorlaydigan maktabda tahsil olgan, o'qish davomida oshpazlik va oficiantlik kurslariga borgan.

– Martin dastlab yarim himoyachi poziciyasida to'p tepgan, bolalikdagi jamoalaridan biri hujumchisiz qolgach, u oldingi chiziqqa o'tkazilgan va ikki o'yinda ikkita gol urgan. Shundan so'ng forvard poziciyasida o'ynay boshlagan.

– Boake O'zbekiston chempionatida to'p tepayotgan birinchi italiyalik futbolchi sanaladi.

– Hujumchi O'zbekiston chempionatidagi dastlabki golini "Qo'qon-1912" darvozasiga urgan bo'lsa, ikkinchisida o'z darvozasini nishonga olgan.

– Boake Afrikada "Martin Boakye Foundation" nomli xayriya jamg'armasi ochgan: daromadining katta qismini qishloqlarda yashayotgan afrikaliklarga yordam berishga sarflaydi.

– Boakening uch nafar sevimli o'yinchisi bor: Balotelli, Lukaku va Drogba.

Basketbol terma jamoasiga chaqirilgan, baliqli maydonda to'p tepgan hamda Jek Chittak muxlisi

Gepard taqibidan qochgan, Arsen Vengerdan taklif olgan hamda O'zbekistondagi titullarni yig'ishtirib olayotgan Dragan Cheran bilan yaqindan tanishamiz


Oqil Abdubarnoev tayyorladi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar