
"Husanov va Maks (Alleyn) oxirgi o'yinlarda shunchaki ajoyib harakat qilishdi! Ular ko'rsatgan xarakter va shaxsiyat tahsinga loyiq.
Bunday yuqori darajadagi bosim ostida jamoaga kirishib ketish oson emas. Maydonda o'zini ko'rsatish, himoyadan hujum boshlashga qo'rqmaslik, barqaror va mustahkam o'yin namoyish etish katta matonat talab qiladi.
Juda qiyin stadionda — bu erda o'ynash qanchalik og'irligini hammamiz bilamiz — ular o'zlarini juda yaxshi ko'rsatishdi! Semeno haqida ham shunday deyish mumkin, ular haqiqatan ham kuchli o'yin o'tkazishdi.
Shuningdek, Trafford ham bir nechta seyvlar bilan jamoani qutqardi, u bugun biz uchun fantastik o'yin ko'rsatdi", — dedi Bernardu.