O'FA va O'zPFL rahbariyati ishtirokida 2026 yil rejalari bo'yicha uchrashuv bo'lib o'tdi

  • Mr.NoBoDy 03.12.2025 12:48
  • 610
  • 30

O'zbekiston futbol associaciyasi rahbariyati hamda O'zbekiston professional futbol ligasi vakillari ishtirokida kelgusi yil uchun asosiy yo'nalishlar bo'yicha yig'ilish o'tkazildi.

Uchrashuv davomida quyidagi masalalar ko'rib chiqildi:

• 2026 yilgi taqvimni puxta rejalashtirish;

• musobaqalar reglamentini takomillashtirish;

• o'quv kurslarining sifati va raqobatbardoshligini oshirish;

• o'yin intensivligini kuchaytirish;

• sof o'yin vaqtini ko'paytirish;

• analitik ko'rsatkichlar va monitoring tizimini yaxshilash;

• futbol maktablari va futbol akademiyalarini tizimli rivojlantirib borish;

• hakamlar faoliyatini rivojlantirish;

• Proliga faoliyatini takomillashtirish kabi masalalar ko'rib chiqildi.


Ushbu uchrashuv futbolimizda sifat, tartib va samaradorlikni oshirishga qaratilgan kelgusi yilgi rejalar uchun muhim qadam bo'lib xizmat qiladi.


Ўхшаш янгиликлар