«Chelsi» himoyachisini sotuvga qo‘ymoqchi — xaridorlar ko‘p

  • Mr.NoBoDy24.10.2026 12:26
  • 30
  • 30

«Chelsi» fransiyalik himoyachi Malo Gyusto bilan xayrlashishi mumkin. Bu haqda insayder Ekrem Konur xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, londonliklar 23 yoshli futbolchi bo‘yicha tushadigan takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor. Uning holatini «Bavariya», «Liverpul», «PSJ», «Atletiko» va «Tottenxem» kuzatmoqda.

Gyusto 2023 yil yanvarda «Chelsi» safiga qo‘shilib, 7 yillik shartnoma imzolagan. Transfermarkt uning transfer qiymatini 35 million yevroga baholamoqda.

Ўхшаш янгиликлар