
«PSJ» jiddiy jarohat olgan Xvicha Kvarasxeliyaga o‘rinbosar izlamoqda. Gruziyalik vinger xochsimon paylaridan jarohat olib, uzoq muddatga safdan chiqqan.
Insayder Ekrem Konurning xabar berishicha, parijliklar «Tixuana»ning 18 yoshli futbolchisi Xilberto Morani yanvar oyida sotib olishni rejalashtirmoqda.
Meksikalik iqtidorga «Liverpul», «Arsenal», «Real» va «Barselona» ham qiziqish bildirgan.
Moraning transfer qiymati 25 million yevroga baholanmoqda. Uning «Tixuana» bilan shartnomasi 2029 yilgacha amal qiladi.