
«Bavariya» «Brayton»ning 19 yoshli himoyachisi Luka Vushkovichni o‘z safiga qo‘shib olishga qiziqmoqda. Bu haqda insayder Ekrem Konur xabar berdi.
Myunxenliklar xorvatiyalik futbolchini kelajagi noaniq bo‘lib turgan Kim Min Jening o‘rniga olib kelishni rejalashtirmoqda. Transfer 2027 yil yozida amalga oshirilishi mumkin.
Transfermarkt Vushkovichni 65 million yevroga baholamoqda. Uning «Brayton» bilan shartnomasi 2031 yilning iyun oyigacha amal qiladi.