
"Yuventus" rahbariyati Luchano Spalettiga jiddiy ultimatum qo‘ydi. Mutaxassis Yevropa ligasida g‘olib chiqsagina bosh murabbiy lavozimida qoladi.
GDS ma’lumotlariga ko‘ra, "Yuventus" Yevropa ligasidagi g‘alabani kelasi mavsum Chempionlar ligasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanma olish imkoniyati sifatida ko‘rmoqda. Turinliklar Italiya chempionatida qiyinchiliklarga duch kelmoqda va shu sababli Chempionlar ligasining keyingi mavsumida ishtirok etish huquqini qo‘lga kirita olmasliklari mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq yomon natijalar tufayli Spaletti "Yuventus"dan bo‘shatilishi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqalgan edi.