iks
ads


Xyoysen "Real"ning Chempionlar ligasidagi yirik g‘alabasi haqida fikr bildirdi

  • Mr.NoBoDy23.10.2026 15:13
  • 9
  • 30

"Real" markaziy himoyachisi Din Xyoysen UEFA Chempionlar ligasining umumiy bosqichi doirasida Germaniyaning "RB Leypsig" klubiga qarshi o‘z maydonlarida o‘tkazilgan uchrashuv haqida gapirdi. "Qirollik klubi" 4:1 hisobida yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi.

"Ikkinchi bo‘limda o‘yinga bo‘lgan munosabatimizni o‘zgartirdik. Yanada jips va ishonchli o‘ynay boshladik. Tanaffusga qadar yetarlicha yaxshi harakat qilmagan edik, ammo ikkinchi bo‘limda o‘yinimizni yaxshilashga muvaffaq bo‘ldik", — deya ispaniyalik futbolchining so‘zlarini Metaratings.ru nashri keltirmoqda.

Joze Mourinyu shogirdlari Chempionlar ligasining umumiy bosqichidagi keyingi uchrashuvni safarda Gresiyaning AEK klubiga qarshi o‘tkazishadi. Uchrashuv 4 noyabr, chorshanba kuni bo‘lib o‘tadi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar