iks
ads


"Barselona" yangi yarimhimoyachini sotib olishi mumkin

  • Mr.NoBoDy23.10.2026 15:13
  • 12
  • 30

Milanning "Inter" klubi yarimhimoyachisi Andi Diuf bir nechta Yevropaning top-klublari e’tiborini tortmoqda. Bu haqda insayder Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.

Jurnalist ma’lumotlariga ko‘ra, 23 yoshli futbolchini Londonning "Arsenal" va "Chelsi" klublari, shuningdek, Kataloniyaning "Barselona"si hamda "PSJ" o‘z safiga qo‘shib olishdan manfaatdor.

Fransiyalik yarimhimoyachining transfer qiymati 30 million yevro atrofida baholanmoqda. Diufning "neradzurri" bilan amaldagi shartnomasi 2030 yil iyun oyining oxirida tugaydi.

Joriy mavsumda futbolchi Italiya chempionatida oltita uchrashuvda maydonga tushib, uchta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar