iks
ads


«Barselona»da Rodrini Flikning yordamchisi deb hisoblashmoqda

  • Mr.NoBoDy23.10.2026 11:52
  • 3
  • 30

«Barselona» yarim himoyachisi Rodri Ernandes qisqa vaqt ichida jamoaning muhim futbolchilaridan biriga aylandi. Ispaniyalik futbolchi nafaqat maydonda, balki kiyinish xonasida ham katta obro‘ qozongan.

Catalunya Radio ma’lumotiga ko‘ra, 30 yoshli yarim himoyachi sardorlik bog‘ichini taqmasa-da, jamoadoshlari orasidagi nufuzi sardor Rafinya Diasnikidan kam emas. Futbolni chuqur tushunishi va taktik tafakkuri bilan ajralib turadigan Rodrining fikrlariga butun jamoa quloq tutadi.

Qayd etilishicha, klub ichida ayrimlar Rodrini hatto bosh murabbiy Xans-Diter Flikning «yordamchisi» deb hisoblashmoqda. Bunga ispaniyalik futbolchining nemis mutaxassisi bilan muntazam ravishda taktik masalalarni muhokama qilishi sabab bo‘lmoqda.

Eslatib o‘tamiz, «Barselona» Rodrini joriy yilning avgust oyida «Manchester Siti»dan transfer qilgan edi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar