
Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Orelyen Tchuameni jamoadoshi Federiko Valverde bilan o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.
Fransiyalik futbolchining ta’kidlashicha, "Real" atrofidagi har qanday kichik voqea ommaviy axborot vositalarida haddan tashqari bo‘rttirib ko‘rsatiladi.
"Yagona muammo shundaki, gap "Real" haqida ketganda, matbuot har qanday mayda voqeani aql bovar qilmas darajada kattalashtirib yuboradi.
Aslida muammo bo‘lmagan vaziyat ham muammoga aylanadi. Mening Fede bilan hech qanday kelishmovchiligim yo‘q. Na kiyinish xonasida, na futbol maydonida. Hayot davom etadi", — dedi Tchuameni The Bridge nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, joriy yil may oyida OAVda Tchuameni va Valverde "Real"ning kiyinish xonasida mushtlashib ketgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Keyinchalik har ikki futbolchi ham bu ma’lumotni rad etib, o‘rtalarida mushtlashuv emas, balki kichik tortishuv yuz berganini bildirgan.
Ma’lumot uchun, Joze Mourinyo boshqarayotgan "Real" 25 oktyabr kuni Ispaniya chempionatining 10-turi doirasida safarda "Barselona"ga qarshi maydonga tushadi.