iks
ads


Figu: "Mourinyo "Barselona" uchun yaxshi murabbiy bo‘lishi mumkin edi"

  • Mr.NoBoDy23.10.2026 10:52
  • 3
  • 30

Portugaliyalik sobiq futbolchi Luish Figu Joze Mourinyo o‘z vaqtida "Barselona"ni muvaffaqiyatli boshqarishi mumkin bo‘lganini ta’kidladi.

Figuning fikricha, portugaliyalik mutaxassis kataloniyaliklar bosh murabbiyi bo‘lish uchun zarur bilim va fazilatlarga ega edi.

"Mourinyoning nomzodi Gvardiola tayinlanishidan oldin ham muhokama qilingan. Demak, klub rahbariyati unda jamoani boshqarish uchun kerakli sifatlarni ko‘rgan.

Ehtimol, biz birga ishlagan davrda unga hali tajriba yetishmagandir. Ammo keyinchalik erishgan yutuqlarini hisobga olsak, u "Barselona" uchun yaxshi murabbiy bo‘lishi mumkin edi.

Mourinyoda buning uchun barcha zarur bilim va fazilatlar bor edi. U klub tizimida ishlagan, uning falsafasini tushungan va jamoa tarkibini yaxshi bilgan", — deya Figuning so‘zlarini keltiradi Mundo Deportivo nashri.

Eslatib o‘tamiz, Luish Figu "Barselona" sharafini himoya qilgan yillarda Joze Mourinyo kataloniyaliklar murabbiylar shtabida faoliyat yuritgan.

Ayni paytda portugaliyalik mutaxassis Madridning "Real" klubini boshqarmoqda.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar