iks
ads


Luish Figu "el-klasiko"ning aniq hisobi va gol mualliflarini taxmin qildi

  • Mr.NoBoDy23.10.2026 10:52
  • 3
  • 30

"Barselona" va "Real"ning sobiq futbolchisi Luish Figu 25 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan "el-klasiko" uchrashuvi qanday natija bilan yakunlanishi haqida o‘z taxminini bildirdi.

Portugaliyalik sobiq yarim himoyachining fikricha, Ispaniyaning ikki grandi o‘rtasidagi navbatdagi to‘qnashuvda g‘olib aniqlanmaydi.

"Taxminim qanday? Men 2:2 hisobini tanlayman. Gollarni Rafinya, Yamal, Bellingem va Mbappe kiritadi.

"Barselona" hujumkor jamoa, ular doimo gol urishadi. "Real" esa qarshi hujumlarda o‘z imkoniyatlarini topishiga ishonaman.

Mbappe bo‘sh hudud paydo bo‘lganda o‘zini juda yaxshi namoyon qiladigan futbolchi. Menimcha, unda gol urish uchun imkoniyatlar bo‘ladi, chunki "Barselona" ko‘pincha himoya chizig‘ini yuqorida joylashtiradi", — deya Figuning so‘zlarini keltiradi Mundo Deportivo nashri.

Eslatib o‘tamiz, Ispaniya chempionatining 10-turidan o‘rin olgan "Barselona" — "Real" uchrashuvi 25 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar