iks
ads


"MYU" qishki transferlar oynasida "Siti" himoyachisini qo‘lga kiritmoqchi

  • Mr.NoBoDy23.10.2026 10:39
  • 3
  • 30

"Manchester Yunayted" qishki transferlar oynasida himoya chizig‘ini "Manchester Siti" futbolchisi hisobiga kuchaytirishi mumkin.

Jurnalist Ekrem Konurning xabar berishicha, "qizil iblislar" shaharning raqib klubida to‘p surayotgan chap qanot himoyachisi Rayan Ait-Nuriga qiziqish bildirmoqda.

Manchesterliklar 25 yoshli jazoirlik futbolchini yanvar oyida o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Biroq "Manchester Siti" rahbariyati himoyachini bevosita raqobatchisiga sotishga rozi bo‘ladimi yoki yo‘qmi, hozircha noma’lum.

Manbaning ta’kidlashicha, ehtimoliy transferning amalga oshishi "shaharliklar"ning qarori hamda kelishuvning moliyaviy shartlariga bog‘liq bo‘ladi.

Ait-Nuri joriy mavsumda "Manchester Siti" safida barcha musobaqalar doirasida atigi 3 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Shunga qaramay, u ushbu o‘yinlarda 3 ta golli uzatmani amalga oshirishga muvaffaq bo‘lgan.

Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, jazoirlik himoyachining hozirgi bozor qiymati 35 million yevroni tashkil etadi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar