
Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yurgen Klopp «Bavariya» hujumchisi Xarri Keynning Chempionlar ligasida «Arsenal»ga qarshi uchrashuvdagi (2:2) vazifasi haqida fikr bildirdi.
Nemis mutaxassisi angliyalik futbolchining maydondagi joylashuvi, ayniqsa, jamoa to‘pga egalik qilmayotgan paytdagi harakatlariga tushunmaganini ta’kidladi.
«Xarri Keyn maydonning hamma joyida edi. Jamoa to‘pga egalik qilayotganda uning pozisiyasi borasida menda hech qanday e’tiroz yo‘q. Ammo to‘p raqibda bo‘lganida...
Keynni himoyaning oxirgi chizig‘ida ko‘rganimda, bu chuqur himoya emas, balki yarim himoyadagi pressing hududi edi... Men uchun bu...
Albatta, men futbol olamining Rim Papasi emasman. Har kim istagan ishini qilishi mumkin. Ammo bu qarorning mantig‘ini oxirigacha tushuna olmadim», — dedi Klopp.
Uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida «Bavariya» bosh murabbiyi Vensan Kompanidan Kloppning fikrlariga munosabat bildirish so‘raldi.
«Bu haqda hech narsa demayman. Keyingi savol», — deya qisqa javob qaytardi belgiyalik mutaxassis.