iks
ads


Tartib-intizom qo‘mitasi qarorlari: Temur Kapadze ikkita o‘yinga chetlatildi

  • Mr.NoBoDy22.10.2026 15:00
  • 3
  • 30

Joriy yilning 20 oktyabr sanasida Liga qoshidagi Tartib-intizom qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda mazkur sanaga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida O‘zbekiston Superligasi, Proliga, Birinchi liga, U21 chempionati hamda U19 chempionati uchrashuvlarida ishtirokchilar tomonidan yo‘l qo‘yilgan qoidabuzarliklar yuzasidan qaror chiqarildi.

Superliga

«Mash’al» — «Paxtakor»

Superliganing 22-turi doirasidagi «Mash’al» — «Paxtakor» uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan. Unga ko‘ra, uchrashuvning 11-daqiqasida «Paxtakor» futbol klubi futbolchisi Morteza Ganji to‘p uchun kurashda oyog‘ining tag qismi bilan raqib futbolchisining oyog‘ining himoyalanmagan qismiga zarba bergani uchun qizil kartochka olgan.

Qaror: O‘zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 62-moddasiga asosan «Paxtakor» futbol klubi futbolchisi Morteza Ganjiga nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikasiya) hamda jarima intizomiy jazo choralari qo‘llanilsin.

«Xorazm» — «Qizilqum»

Superliganing 22-turi doirasidagi «Xorazm» — «Qizilqum» uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan. Unga ko‘ra, uchrashuvning 61-daqiqasida «Xorazm» futbol klubi futbolchisi Ulug‘bek Xoshimov to‘p uchun kurashda oyog‘ining tag qismi bilan raqib jamoa futbolchisining yuz qismiga zarba bergani uchun qizil kartochka olgan.

Qaror: O‘zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 62-moddasiga asosan «Xorazm» futbol klubi futbolchisi Ulug‘bek Xoshimovga nisbatan 2 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikasiya) hamda jarima intizomiy jazo choralari qo‘llanilsin.

OKMK — «Navbahor-lochinlari»

Superliganing 23-turi doirasidagi OKMK — «Navbahor-lochinlari» uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan. Unga ko‘ra, uchrashuvning 90+8-daqiqasida «Navbahor-lochinlari» futbol klubi bosh murabbiyi Timur Kapadze uchrashuv hakamlarining qarorlariga norozilik bildirib, nomaqbul so‘zlar bilan haqorat qilgani uchun qizil kartochka olgan.

Qaror: O‘zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 62-moddasiga asosan «Navbahor-lochinlari» futbol klubi bosh murabbiyi Timur Kapadzega nisbatan 2 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikasiya) hamda jarima intizomiy jazo choralari qo‘llanilsin.

23-tur doirasidagi OKMK — «Navbahor-lochinlari» uchrashuvi komissaridan bildirgi kelib tushgan. Unga ko‘ra, uchrashuv davomida «Navbahor-lochinlari» futbol klubi vakili Abdurauf G‘ulomov uchrashuv qaydnomasiga kiritilmagan bo‘lsa-da, o‘yin vaqtida jamoaning texnik zonasida harakatlangan. Bunday holat jamoaning avvalgi uchrashuvlarida ham qayd etilgan.

Qaror: O‘zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 60-moddasiga asosan «Navbahor-lochinlari» futbol klubi vakili Abdurauf G‘ulomovga nisbatan jarima intizomiy jazosi qo‘llansin.

Mazkur holat Abdurauf G‘ulomov tomonidan takroran sodir etilayotgani uchun unga O‘zbekiston Professional futbol ligasi tomonidan taqdim etilgan lisenziya qaytarib olinsin.

«Andijon» — «Qizilqum»

Superliganing 24-turi doirasidagi «Andijon» — «Qizilqum» uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan. Unga ko‘ra, uchrashuvning 90+6-daqiqasida «Qizilqum» futbol klubi murabbiyi Jamshid Saidov uchrashuv yordamchi hakamlaridan birini nomaqbul so‘zlar bilan haqorat qilgani uchun qizil kartochka olgan.

Qaror: O‘zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 62-moddasiga asosan «Qizilqum» futbol klubi murabbiyi Jamshid Saidovga nisbatan 2 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikasiya) hamda jarima intizomiy jazo choralari qo‘llanilsin.

«Navbahor-lochinlari» — «Dinamo»

Superliganing 22-turi doirasidagi «Navbahor-lochinlari» — «Dinamo» uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan. Unga ko‘ra, uchrashuvning 19-daqiqasida «Dinamo» futbol klubi futbolchisi Nurillo To‘xtasinov hakam qaroriga e’tiroz bildirgani uchun unga sariq kartochka ko‘rsatilgan.

Qaror: O‘zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan «Dinamo» futbol klubi futbolchisi Nurillo To‘xtasinovga nisbatan jarima intizomiy jazo chorasi qo‘llansin.

«Surxon» — «Qo‘qon-1912»

Superliganing 22-turi doirasidagi «Surxon» — «Qo‘qon-1912» uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan. Unga ko‘ra, uchrashuvning 82-daqiqasida «Surxon» futbol klubi futbolchisi Richard Firday o‘yin vaqtini sun’iy ravishda cho‘zgani uchun unga sariq kartochka ko‘rsatilgan.

Qaror: O‘zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan «Surxon» futbol klubi futbolchisi Richard Firdayga nisbatan jarima intizomiy jazo chorasi qo‘llansin.

«So‘g‘diyona» — OKMK

Superliganing 22-turi doirasidagi «So‘g‘diyona» — OKMK uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan. Unga ko‘ra, uchrashuvning 61-daqiqasida OKMK futbol klubi futbolchisi Avazbek O‘lmasaliyev hakam qaroriga e’tiroz bildirgani uchun unga sariq kartochka ko‘rsatilgan.

Qaror: O‘zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan OKMK futbol klubi futbolchisi Avazbek O‘lmasaliyevga nisbatan jarima intizomiy jazo chorasi qo‘llansin.

Superliganing 22-turi doirasidagi «So‘g‘diyona» — OKMK uchrashuvi hakamidan yana bir bildirgi kelib tushgan. Unga ko‘ra, uchrashuvning 81-daqiqasida OKMK futbol klubi vakili Hikmat Irgashev hakam qaroriga e’tiroz bildirgani uchun unga sariq kartochka ko‘rsatilgan.

Qaror: O‘zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan OKMK futbol klubi vakili Hikmat Irgashevga nisbatan jarima intizomiy jazo chorasi qo‘llansin.

Superliganing 22-turi doirasidagi «So‘g‘diyona» — OKMK uchrashuvi hakamidan kelib tushgan yana bir bildirgiga ko‘ra, uchrashuvning 90+5-daqiqasida OKMK futbol klubi futbolchisi Urosh Kojich o‘yin vaqtini sun’iy ravishda cho‘zgani uchun unga sariq kartochka ko‘rsatilgan.

Qaror: O‘zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan OKMK futbol klubi futbolchisi Urosh Kojichga nisbatan jarima intizomiy jazo chorasi qo‘llansin.

«Paxtakor» — «Bunyodkor»

Superliganing 23-turi doirasidagi «Paxtakor» — «Bunyodkor» uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan. Unga ko‘ra, uchrashuvning 86-daqiqasida «Bunyodkor» futbol klubi murabbiyi Ivan Boshkovich hakam qaroriga e’tiroz bildirgani uchun unga sariq kartochka ko‘rsatilgan.

Qaror: O‘zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan «Bunyodkor» futbol klubi murabbiyi Ivan Boshkovichga nisbatan jarima intizomiy jazo chorasi qo‘llansin.

«Buxoro» — «Andijon»

Superliganing 23-turi doirasidagi «Buxoro» — «Andijon» uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan. Unga ko‘ra, uchrashuvning 85-daqiqasida «Andijon» futbol klubi vakili Dmitriy Krayev hakam qaroriga e’tiroz bildirgani uchun unga sariq kartochka ko‘rsatilgan.

Qaror: O‘zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan «Andijon» futbol klubi vakili Dmitriy Krayevga nisbatan jarima intizomiy jazo chorasi qo‘llansin.

Superliganing 23-turi doirasidagi «Buxoro» — «Andijon» uchrashuvi hakamidan yana bir bildirgi kelib tushgan. Unga ko‘ra, uchrashuvdan so‘ng «Andijon» futbol klubi vakili Behzodbek To‘rg‘unov hakam qaroriga e’tiroz bildirgani uchun unga sariq kartochka ko‘rsatilgan.

Qaror: O‘zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan «Andijon» futbol klubi vakili Behzodbek Turg‘unovga nisbatan jarima intizomiy jazo chorasi qo‘llansin.

Superliganing 23-turi doirasidagi «Buxoro» — «Andijon» uchrashuvi hakamidan kelib tushgan yana bir bildirgiga ko‘ra, uchrashuvdan so‘ng «Andijon» futbol klubi futbolchisi Eldor Adhamov hakam qaroriga e’tiroz bildirgani uchun unga sariq kartochka ko‘rsatilgan.

Qaror: O‘zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan «Andijon» futbol klubi futbolchisi Eldor Adhamovga nisbatan jarima intizomiy jazo chorasi qo‘llansin.

OKMK — «Navbahor-lochinlari»

Superliganing 23-turi doirasidagi OKMK — «Navbahor-lochinlari» uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan. Unga ko‘ra, uchrashuvning 90+5-daqiqasida OKMK futbol klubi futbolchisi Hazratjon Tursunqulov hakam qaroriga e’tiroz bildirgani uchun unga sariq kartochka ko‘rsatilgan.

Qaror: O‘zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan OKMK futbol klubi futbolchisi Hazratjon Tursunqulovga nisbatan jarima intizomiy jazo chorasi qo‘llansin.

«Dinamo» — «Buxoro»

Superliganing 24-turi doirasidagi «Dinamo» — «Buxoro» uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan. Unga ko‘ra, uchrashuvning 90+6-daqiqasida «Buxoro» futbol klubi futbolchisi Muhammad Yo‘ldoshev o‘yin vaqtini sun’iy ravishda cho‘zgani uchun unga sariq kartochka ko‘rsatilgan.

Qaror: O‘zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan «Buxoro» futbol klubi futbolchisi Muhammad Yo‘ldoshevga nisbatan jarima intizomiy jazo chorasi qo‘llansin.

«Navbahor-lochinlari» — «Paxtakor»

Superliganing 24-turi doirasidagi «Navbahor-lochinlari» — «Paxtakor» uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan. Unga ko‘ra, uchrashuvning 89-daqiqasida «Navbahor-lochinlari» futbol klubi futbolchisi Asadbek Rahimjonov o‘yin vaqtini sun’iy ravishda cho‘zgani uchun unga sariq kartochka ko‘rsatilgan.

Qaror: O‘zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan «Navbahor-lochinlari» futbol klubi futbolchisi Asadbek Rahimjonovga nisbatan jarima intizomiy jazo chorasi qo‘llansin.

Superliganing 24-turi doirasidagi «Navbahor-lochinlari» — «Paxtakor» uchrashuvi hakamidan yana bir bildirgi kelib tushgan. Unga ko‘ra, uchrashuvning 89-daqiqasida «Navbahor-lochinlari» futbol klubi futbolchisi Vanya Ilich hakam qaroriga e’tiroz bildirgani uchun unga sariq kartochka ko‘rsatilgan.

Qaror: O‘zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan «Navbahor-lochinlari» futbol klubi futbolchisi Vanya Ilichga nisbatan jarima intizomiy jazo chorasi qo‘llansin.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar