iks
ads


OFK "Paxtakor", "Neftchi" va "Nasaf"ning Osiyo Chempionlar ligasidagi 4-tur o‘yinlariga hakamlarni tayinladi

  • Mr.NoBoDy16.10.2026 17:13
  • 18
  • 30

Osiyo futbol konfederasiyasi (OFK) Chempionlar ligasining 4-turidan o‘rin olgan O‘zbekiston klublari ishtirokidagi uchrashuvlarni boshqaradigan hakamlar nomini e’lon qildi.

"Paxtakor" – "An-Nasr"

2-noyabr kuni Toshkentda o‘tkaziladigan Osiyo Chempionlar ligasi Elit bosqichi uchrashuvini avstraliyalik Aleksandr Jorj King boshqaradi. Unga hamyurtlari Endryu Meymarakis va Kirni Jon Robinson yordam beradi. VAR hakami – Shon Robert Evans (Avstraliya).

"Traktor" – "Neftchi"

2-noyabr kuni Ummonning Maskat shahrida bo‘lib o‘tadigan bahsga janubiy koreyalik Choy Hyun Jay bosh hakam etib tayinlandi. Unga Jang Jongpil va Cheon Jinhi assistentlik qiladi. VAR hakami – Kim Vusong (Janubiy Koreya).

"Al-Kuvayt" – "Nasaf"

4-noyabr kuni Quvaytning Sulaybixat shahrida o‘tkaziladigan Osiyo Chempionlar ligasi 2 musobaqasi 4-tur uchrashuvini turkmanistonlik Resul Mammedov boshqaradi. Unga Ahmet Begnazarov va Mergen Allaberdiyev yordam beradi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar