
La Liga prezidenti Xavyer Tebas OAVda Ispaniya chempionati taqvimi, Negreyra ishi va Madrid jamoasi ishtirokidagi uchrashuvlardagi bahsli hakamlik qarorlari yuzasidan «Real»ning e’tirozlariga bag‘ishlangan maqolaga keskin tanqid bildirdi.
«Real» rahbariyati o‘zining axborot tizimini shakllantirmoqda. Unda «Real Madrid TV» asosiy rollardan birini o‘ynaydi. Bu strategiyaning mohiyati o‘zgarmaydi: o‘zlariga foydali bo‘lgan vaziyatlarni tanlab ko‘rsatish, doimiy ravishda adolatsizlik haqida gapirish, shubhalarni kuchaytirish va klubning raqiblarini muayyan qiyofada ko‘rsatish.
Bu voqealar talqinida «Real» har doim jabr ko‘rgan tomon bo‘lib chiqadi. Ba’zan hatto hakam xatosi bo‘lmagan vaziyat ham adolatsizlik sifatida taqdim etiladi. Negreyra ishi esa klubga ma’qul kelmagan har qanday qarorga qarshi universal dalilga aylantiriladi. Taxminlar go‘yo aniq isbotlangan faktlardek ko‘rsatiladi, xulosalar esa hali o‘yin boshlanmasidanoq chiqariladi».