iks
ads


Luis Enrike Safonov ishtirok etgan golli kombinasiyani baholadi

  • Mr.NoBoDy16.10.2026 16:26
  • 9
  • 30

Chorshanba kuni «PSJ» Chempionlar ligasi doirasida safarda «Manchester Siti»ni 4:2 hisobida mag‘lub etdi. Parijliklar birinchi golni uzoq davom etgan kombinasiyadan keyin urishdi. Unda hatto rossiyalik darvozabon Matvey Safonov ham ishtirok etdi. «PSJ» ko‘plab uzatmalarni amalga oshirdi va hatto o‘z jarima maydonida ham raqib pressingi ostida to‘pni yo‘qotib qo‘yishdan qo‘rqmadi. Juma kunigi matbuot anjumanida Luis Enrikedan ushbu gol haqida fikr bildirish so‘raldi.

«Bu ajoyib kombinasiya edi. Mening vazifam — futbolchilarga shunday harakat qilishlari uchun ishonch berish, ba’zan esa uzoq uzatmalarni ham amalga oshirishga undash. O‘yin davomida yuzaga keladigan vaziyatlarga moslasha olish kerak. Agar faqat bitta jihatni ajratib ko‘rsatish kerak bo‘lsa — xoh bu muayyan o‘yinda, xoh umuman so‘nggi uch yil davomida bo‘lsin — bu futbolchilarimizning hujumkor va jasur bo‘lib qolish qobiliyatidir. Ayniqsa, safardagi o‘yinlarda. Bu jamoaning asosiy xususiyati — qo‘rquvning mutlaqo yo‘qligi», — dedi Enrike.

Shanba kuni «PSJ» safarda «Strasburg»ga qarshi o‘ynaydi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar